Elektron pochta manzil:

toshkent.v@sud.uz

Fuqarolar qabulxonasi:

(+998 71) 253 17 60

Manzil:

Ўзбекистон Республикаси, Тошкент ш. Шота-Руставели кўчаси, 93 уй

Interaktiv xizmatlar

Statistik ma’lumotlar

Statistik ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining respublika sudlari faoliyatiga doir statistik ma’lumotlar bazasi

O'tish
Sud qarorlari to‘plami

Sud qarorlari to‘plami

Sudlar bo‘yicha barcha yakuniy sud qarorlarini to‘liq yoki shaxssizlantirilgan matnda ushbu havola orqali bilib oling.

O'tish
Davlat boji kalkulyatori

Davlat boji kalkulyatori

Bu xizmat turi sudlarga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini aniqlashda yaqindan yordam beradi.

O'tish
image
image
image
image
image
image

Elektron sud xizmatlari

MY.SUD.UZ - sud xizmatlaridan foydalanishning innovasion, ishonchli va qulay yo‘li

Murojaat

Sudga to‘g‘ridan - to‘g‘ri elektron shaklda murojaat yo‘llash.

Elektron to‘lov tizimi

Barcha sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni to‘lashning yagona elektron tizimi.

Videokonferens aloqa

Masofadan turib sud majlisida ishtrok etish

Majlislar jadvali

Sud majlislari jadvali bilan tanishish – sudlarda ishlarni sud majlisida ko‘rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lib borish imkonini beradi.

Davlat boji kalkulyatori

Bu xizmat turi sudlarga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini aniqlashda yaqindan yordam beradi.

Murojaat namunalari

Fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyati

image

MY.SUD.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali

So‘nggi yangiliklar

Ma’muriy sud sudyalari Toshkent viloyat yuridik texnikumida bo‘lishdi

Sud-huquq islohotlari zamirida avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolar huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash kabi ustuvor vazifalar yotadi. Prezidentimiz tomonidan yaqinda qabul qilingan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon sud tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Ayni paytda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, bo‘lajak huquqshunoslarga tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbir Toshkent viloyat ma’muriy sudi tashabbusi bilan Toshkent viloyati yuridik texnikumida bo‘lib o‘tdi. Aytish joiz, mazkur Farmonda ko‘rsatilgan sud sohasiga oid ustuvor vazifalar jamiyatda qonun hamda adolat ustuvorligini ta’minlash orqali inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishni nazarda tutadi. Uchrashuvda so‘z olgan viloyat ma’muriy sudi raisi Aziz Ernazarov Farmondagi ayni shu jihatlarni bo‘lajak huquqshunoslarga ravon tilda tushuntirib berdi. Viloyat ma’muriy sudi sudyalari Anvarbek Aminov va Gulsum Rahimovalar esa o‘z chiqishlarida ma’muriy sudlarda ko‘riladigan ishlarning mazmuni, ularda advokatlarning ishtiroki haqida o‘zlarining fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda talabalar sudyalarga sudyalik faoliyatiga doir ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi.

Ta’kidlash joiz, bu kabi tadbirlar bo‘lajak huquqshunoslarning sud huquq tizimiga oid bilimlarini mustahkamlash, ularning sudyalik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Sh.Xudayberdiyev
Toshkent viloyat sudi
matbuot xizmati xodimi

Oqqo‘rg‘ondagi sayyor sud qanday o‘tdi?

         Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani IIB binosida jinoyat ishlari bo‘yicha tumani sud raisi S.T.Isakulov ishtirokida sayyor sud o‘tkazildi. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta ma’muriy ish, tuman probatsiya guruhida ro‘yxatda turgan 11 nafar maxkumlarning ishlari ko‘rib chiqildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan to‘plangan ma’muriy ish xujjatlarida mavjud xuquqbuzarliklarni sodir etgan 8 nafar fuqarolarga sud tomonidan ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, probatsiya hisobida turgan, tayinlangan jazoga vijdonan xalol mehnat bilan yondoshgan 10 nafar mahkumlarga sud tomonidan insonparvarlik tamoyili qo‘llanilib, ular muddatidan ilgari jazodan shartli ozod etildi.

           Aksincha jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 1 nafar nazoratdagi shaxsning jazo turi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Mazkur holatdan kelib chiqib sud raisi tomonidan tayinlangan jazo, uni o‘tash tartibi, belgilangan taqiq yoki cheklovlarning bajarilmasdan qolib ketishi, yuqoridagi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi yana bir bor sayyor sud ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.

Sherzod XUDAYBERDIYEV,
Toshkent viloyat sudi jamoatchilik va ommaviy
axborot vositalar bilan aloqalar bo‘limi bosh konsultanti

Коммунал ташкилотлар вакиллари билан очиқ мулоқот

Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги Тошкент вилоят ҳудудий бошқармаси мажлислар залида вилоят суди судьялари  томонидан очиқ мулоқот шаклидаги учрашув ўтказилди. Унда вилоят ва туманлари ҳокимларининг уй-жой, коммунал хизмат кўрсатиш ва ободонлаштириш масалалари бўйича ўринбосарлари, ҳуқуқшунослари, кадастр ходимлари таклиф этилди. Учрашувда сўзга чиққан вилоят суди иқтисодий ишлар бўйича судьяси Ж.Суяров давлатимиз сиёсатининг асосий йўналишларидан бири бўлган аҳоли мурожаатлари билан ишлаш, уларнинг ҳуқуқий муаммоларига ечим топишда бугунги кунда яратилаётган имкониятлар ҳақида сўз юритди. Айтиш керакки, расмиятчиликдан холи тарзда бўлиб ўтган очиқ мулоқотда, асосан иштирокчилар томонидан масъулларга кўплаб савол ва мурожаатлар йўлланди. Мазкур саволларга уларнинг мазмунидан келиб чиқиб, Зангиота туманлараро иқтисодий суди раиси С.Солиев, фуқаролик ишлари бўйича Ўртачирчиқ туманлараро суди раиси Р.Абдуазимовлар томонидан батафсил жавоблар қайтарилди. Хусусан, иштирокчиларга истеъмолчилардан кредит қарзини ундириш, бунда тегишли ҳужжатларни расмийлаштириш, уларни белгиланган манзилга почта орқали юбориш тартиблари каби масалаларда ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.

Суд раиси ўринбосари Паркент туманидаги маҳаллага борди

Бугунги кунда аҳоли орасига кириб, одамларнинг дарду ташвишларини эшитиш ҳар бир идора ва ташкилотларннг асосий фаолият мезонига айланди. Жумладан, Тошкент вилоят суди раҳбарияти ҳам  халқнинг судларга бўлган ишончини мустаҳкамлаш мақсадида жойларда сайёр қабулларни ўтказмоқда. Куни кеча ана шундай сайёр қабулларнинг бири вилоят суди раисининг ўринбосари О.Исмаилов иштирокида Паркент туманида “Ёшлик”, “Оқтепа” ва “Самсарак” маҳалласида яшовчи аҳоли билан ўтказилди. Фуқаролик ишлари бўйича Юқоричирчиқ туманлараро суди раиси ва судьялари ҳам иштирок этган йиғилишда сўзга чиққан вилоят суди раиси ўринбосари жиноят ва ҳуқуқбузарлик сони ошган ҳудудларда уларнинг олдини олиш хусусида маъруза қилди. Бу борада маҳалла раислари, профилактика инспекторлари билан ҳамкорликни кучайтириш лозимлиги қайд этилди. Шунингдек фуқаролар мурожаатларидан келиб чиқиб, никоҳдан ажратиш, фарзанд таъминоти учун алимент ундириш, уй-жойга эгалик ҳуқуқини белгилаш тартиблари тўғрисида иштирокчиларга зарур ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.  

CHIRCHIQ TUMANLARARO IQTISODIY SUDIDA 18 TA IQTISODIY ISH YUZASIDAN APELLYASIYA SHIKOYATLARI SAYYOR TARTIBDA KO’RILDI

Keyingi yillarda mamlakatimiz sud-huquq tizimida keng qamrovli islohotlar, xususan, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan tamoyil asosida izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyat sudi tomonidan mahalla, muassasa hamda tashkilotlarda o‘tkazilayotgan sayyor sud majlislari tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Kuni kecha Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi binosida Toshkent viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari A.Ibragimova, L.Kariyeva va I.Yusupov tomonidan jami 18 ta iqtisodiy ish yuzasidan berilgan apellyasiya shikoyatlari sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlislaridan keyin sudyalar sud majlisi ishtirokchilariga yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati xususida hamda qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil tushunchalar berdilar. Takidlash o‘rinliki, bu kabi tadbirlar tadbirkorlik sybektlarining huquqiy bilimlari jshishiga ham xizmat qiladi. Zero, qo­nun ustuvorligi ta’minlangan jamiyatda taraqqiyot ham bardavom bo‘ladi.

A.Ibragimova

Toshkent viloyat sudi

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi

Sudyalar kredit mablag‘ini undirish tartibini tushuntirishdi

So‘nggi yillarda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, iqtisodiy muhitni yaxshilash va aholi turmush darajasini yanada oshirish borasida, fuqarolarimizga tijorat banklari tomonidan turli xil yo‘nalishdagi kredit mablag‘lari ajratilayotgani e’tiborga molik. Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bu borada dasturilamal bo‘lmoqda. Biroq masalaning yana bir jihati borki, bugungi kunda fuqarolik va iqtisodiy sudlarga kredit mablag‘larini belgilangan vaqtida qaytarmasligi oqibatida, jismoniy va yuridik shaxslardan kredit mablag‘ini undirish borasidagi da’vo arizalari soni keskin oshgan. Xo‘sh, bu borada qanday huquqiy tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda? Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudi tashabbusi bilan Savdo sanoat palatasi hududiy bo‘limi hamda tijorat banklar vakillari hamkorligida tashkil etilgan seminar-trening shu mavzuda bo‘ldi.

Banklar tomonidan kredit mablag‘larining ta’minot hujjatlariga e’tibor qaratilmayapti. Kredit olgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan pul mablag‘larini qaytarish imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligiga yetarlicha o‘rganilmasligi oqibatida kredit olgan shaxslar keyingi vaqtlarda bankrot ahvolga kelib qolayapti. Bu esa aholida bank va sudlar o‘rtasida tushunmovchilik holatlarini keltirib chiqarmoqda. Bu holatlarga barham berish uchun mas’ullarga tegishli huquqiy tushuntirish berish zarur. Shundan kelib chiqib sudyalar bank xodimlari kredit ajratilayotgan vaqtda, kredit oluvchining biznes rejasi borligi, kredit ta’minotini vaqtida ta’minlash imkoni bor yoki yo‘qligiga ham e’tibor qaratish lozimligini tushuntirib o‘tishdi.

Aytish joizki, mazkur tadbir orqali ishtirokchilar o‘zlarini  o‘ylantirayotgan ko‘plab savollariga javoblar olishdi. Masalan, pandemiya sharoitini hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslarga imkoniyat berish, turmush darajasi og‘ir fuqarolarni jamiyat tomonidan qo‘llash darajasini oshirib, kechiktirilgan kun uchun jarimani imkon qadar hisoblamaslik yoxud ushbu summani kechiktirib bo‘lsada to‘lash uchun imkon berish kabi choralarni ko‘rish kabi tavsiyalar berildi.

Sherzod XUDAYBERDIYEV,
Toshkent viloyat sudi jamoatchilik va ommaviy
axborot vositalar bilan aloqalar bo‘limi bosh konsultanti

image
Skip to content