Elektron pochta manzil:

info@supcourt.uz

Fuqarolar qabulxonasi:

(+998 71) 207-73-77

Manzil:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100186, A. Qodiriy ko‘ch., 1

Hujjatlar

“E-XSUD” axborot tizimi

“E-XSUD” axborot tizimi

Respublika jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga murojaatlarni “E-XSUD” axborot tizimi orqali taqdim qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida

Yuklab olish
Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida

Yuklab olish
Sudlar rolini oshirish

Sudlar rolini oshirish

Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida

Yuklab olish
image
image
image
image
image
image

Elektron sud xizmatlari

MY.SUD.UZ - sud xizmatlaridan foydalanishning innovasion, ishonchli va qulay yo‘li

Murojaat

Sudga to‘g‘ridan - to‘g‘ri elektron shaklda murojaat yo‘llash.

Elektron tolov tizimi

Barcha sudlarda fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni to‘lashning yagona elektron tizimi.

Videokonferens aloqa

Masofadan turib sud majlisida ishtrok etish

Majlislar jadvali

Sud majlislari jadvali bilan tanishish – sudlarda ishlarni sud majlisida ko‘rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lib borish imkonini beradi.

Davlat boji kalkulyatori

Bu xizmat turi sudlarga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini aniqlashda yaqindan yordam beradi.

Murojaat namunalari

Fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyati

image

MY.SUD.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlari portali

So‘nggi yangiliklar

«So‘x voqealari» bo‘yicha barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi

Farg‘onada o‘tgan yilning may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar shaxs ustidan davom etayotgan sud jarayonida bugun barcha sudlanuvchilarning oxirgi so‘zi eshitildi.

Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayb e’lon qilinib, 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ulardan bir nafari voyaga yetmagan shaxsdir.

2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan.

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyidan buyon mazkur jinoyat ishini ko‘rish ishlari davom etayotgan bo‘lib, sud muhokamasi yakunlanmoqda.

Farg‘ona viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, “So‘x voqealari”ga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilib, ishni ko‘rishda 22 nafar sudlanuvchi, 36 nafar jabrlanuvchi va 21 nafar guvohlar so‘roq qilindi.

image
Skip to content